Shoshilinch xabar! Riyod Mahrez faoliyatini tugatdi FOTO

Mirjalol Normatov
7 mar 2018, 11:41
"Lester" yarim himoyachisi Riyod Mahrez futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi.

U bu haqda "Facebook"dagi rasmiy sahifasida e'lon qildi.

"Shifokorlarning maslahatiga ko'ra futboldan ketishga qaror qildim. Faoliyatim yakunlangan ekan, nimanidir aytishim kerak.

Barcha qo'llab-quvvatlaganlarga rahmat aytaman. Bu shahar har doim yuragimda qoladi", - deb yozadi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Mahrez "Lester" sharafini 2014 yildan buyon himoya qilayotgandi. Oldinroq uning xizmatlariga "Manchester Siti" tomonidan qiziqishlar bo'lgani haqida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror