"Sho'rtan" sobiq ustozi Belarus terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2017
G'uzorning Sho'rtan klubi sobiq ustozi Igor Kriushenko Belarus terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Bugun ABFF vakili Sergey Rumas va belaruslik Igor Kriushenko o'rtasida muzokara bo'lib o'tdi. Muzokara yakuniga Kriushenko bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida e'lon qilindi. Hujjat ishlari yaqin kunlarda amalga oshiriladi, - deb yoziladi ABFF rasmiy saytida.

Ma'lumot uchun, Igor Kriushenko 2011-2012 yillarda G'uzorning "Sho'rtan" klubi bosh murabbiyi bo'lib ishlagan. Shundan keyin Belarus chempionati vakili "Torpedo BelAZ" klubini boshqarib kelayotgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: abff.by