"Sho'rtan" Nesterovga qiziqyapti

Narzulla Saydullayev
7 noya 2014, 13:07
Ana xolos, pishdi gilos... Yana 23 kundan so'ng O'zbekiston chempionatida faoliyat olib borayotgan futbolchilarning 70 foizi erkin agentga aylanadi.
Bazi jamoalar allaqachon o'zlarining transfer ro'yxatini tuzib chiqishgan. Ular orasida "Sho'rtan" boshqalardan ancha ajralib turganga o'xshaydi.

"Mashal"ning aksariyat futbolchilariga ko'z tikayotgan g'uzorliklar yangi mavsumda Nesterovni ham o'z saflariga qo'shib olishga harakat qilishar ekan.

Albatta, bu xabar Ignatiyni "Sho'rtan"ga o'tdi degani emas, ammo klublar tarkibni kuchaytirish yo'lida uzundan uzun ro'yxat tuzishlari oddiy holat.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia