“Sho'rtan” Andijonga yetakchilarsiz kelgan

Narzulla Saydullayev
19 mar 2016, 11:20
Andijondagi muxbirimizning xabar berishicha, “Sho'rtan” jamoasi kecha Andijon shahriga yetib kelgan.

G'uzorliklar “Royal” mehmonxonasiga kelib joylashdi. Aytishlaricha bosh murabbiy Zoir To'raqulov “UzDongJu”ga qarshi o'yinda bir nechta yetakchi o'yinchilarga dam bergan. Bular – Eldor Tojiboev, Asror Aliqulov, Botir Qoraev va Igor Taran. Bu esa mezbonlarga qo'l kelishi mumkin. Eslatib o'tamiz bugun “UzDongJu” – “Sho'rtan” uchrashuvi Sho'rbuloq dahasida joylashgan sun'iy maydonda bo'lib o'tadi. O'yin soat 15:00da boshlanishi ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia