Shomurodov joy olgan ramziy termaga Ronaldu kirmadi

Aslanov Jasurbek
7 sen 2021, 11:00
Rossiyaning mashhur "Match Tv" telekanali muxlislar o'rtasida yozgi transferlardan tuzilgan eng yaxshi futbolchilar ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

"Match Tv" o'zining rasmiy telegram kanalida har bir poziciyaga alohida so'rovnoma o'tkazdi. Markaziy hujum chizig'iga so'rovnomadan Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga), Romelu Lukaku ("Inter"dan "Chelsi"ga), Olive Jiru ("Chelsi"dan "Milan"ga), Memfis Depay ("Lion"dan "Barselona"ga), Eldor Shomurodov ("Jenoa"dan "Roma"ga), Moyze Kin ("Everton"dan "Yuventus"ga), Serxio Aguero ("Manchester Siti"dan "Barselona"ga)  o'rin oldi. Ovoz berish yakunlariga ko'ra o'zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov 45 foiz ovoz bilan Ronalduni ortda qoldirdi. Portugaliyalik forvardga 41 foiz yani 9230 nafar obunachi ovoz berdi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia