Shohruz Norxonov: “Noqulay ob-havo sharoiti bizga bahona bo'la olmaydi”

Narzulla Saydullayev
11 mar 2018, 09:12
Superliganing 2-tur bahslari doirasida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida “Neftchi”ni qabul qildi va ushbu bahsda hisob ochilmadi.

O'yindan so'ng uchrashuvning eng  yaxshi futbolchisi deb topilgan Shohruz Norxonov bellashuv borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalo bugungi stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta rahmat. Noqulay ob-havo sharoiti bizga baxona bo'la olmaydi. Bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushgan  edik.  Birinchi bo'limda bir qator qo'lay imkoniyatlardan  foydalana olmadik. Keyingi turga qadar  xatolarimiz  ustida ishlab yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz. “Neftchi” jamoasiga ham bugungi o'yin uchun raxmat aytaman va keyingi o'yinlariga omad tilayman.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати