Shevchenko “Jenoa” murabbiyligidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
15 dek 2021, 08:55
Italiya Kubogi 2-raundida “Jenoa” o'z maydonida “Salernitana”ni minimal (1:0) hisobda engdi.

Uchrashuvdagi yagona golni 2-taym o'rtalarida ganalik hujumchi Kaleb Ekuban urdi.

Shu tariqa, Andrey Shevchenko genuyaliklar murabbiyi sifatida dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi. Bungacha “Jenoa” o'tkazilgan 5 uchrashuvning 4 tasida yutqazib, bir bor durang o'ynagandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia