

"O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Futbolchilarim maydonda bor kuchlari bilan harakat qildi. Natija o'yinga mos bo'lmadi. Bugungi uchrashuv ko'proq durangga loyiq bo'ldi deb o'ylayman. Tarkibimizdagi bir qator yo'qotishlar o'z ta’sirini ko'rsatdi. Ayubxon No'monov, Shahzodbek Nurmatov kabi yetakchilarimiz yo'qligi bizga pand berdi", - deya o'yin haqidagi o'z fikrlarini bildirdi Shavkat Saidov.
- Mavsum so'nggiga qadar siz jamoani boshqarib borasizmi?
- Bu masala yaqin kunlar ichida klub yig'ilishida hal bo'ladi.



