Shavkat Mirziyoev JCH-2018 ochilishida ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2018, 15:43
O'zbekiston Republikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiyada bo'lib o'tadigan JCH-2018 ochilish marosimida ishtirok etadi.

Bu haqda "Meduza" nashri xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 14 iyun kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida bo'ladigan ochilish marosimida 17 mamlakat rahbarlari qatnashishadi. Ro'yxat asosan MDH va Lotin Amerikasi mamlakatlaridan tashkil topgan. Shimoliy Koreya nomidan Yuqori xalq yig'ilishi prezidiumi raisi Kim Yon Nam qatnashadi.

Qaysi mamlakat rahbarlari JCH-2018 ochilish marosimida ishtirok etadi?

O'zbekiston, Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Boliviya, Qozog'iston, Qirg'iziston, KXDR, Livan, Moldaviya, Panama, Paragvay, Ruanda, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Janubiy Osetiya.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia