"Shanxay SIPG"ni aldagan ikki kishi qamaldi

Aslanov Jasurbek
12 may 2017, 18:14
Hujumchi Xalkning "Zenit"dan "Shanxay SIPG"ga o'tish jarayonida Xitoy klubini aldagan ikki Shvetsiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm etildi.

Firibgarlarning biri Husayn Barxavi transfer vaqtida klubning elektron pochtasini buzgani uchun 3 yil qamoqda o'tiradi.

33 yoshli erkak braziliyalikning transferida dallol vazifasini bajargandek bo'lib, "Shanxay SIPG"ni aldov yo'li bilan 370 ming evro to'lashga majbur qilgan.

Uning hamtovog'i Silvinya Yanssonga ham sud qarori e'lon qilindi. 38 yoshli jinoyatchi bir yarim yillik qamoq jazosiga hukm etildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe