"Shanxay SIPG" o'yinini Aziz Asimov boshqaradi

Xayrulla Xoliqov
21 may 2019, 11:30
Bugun Osiyo chempionlar ligasida 6-tur bahslari davom ettiriladi.

Guruhdan chiqish uchun kurashayotgan "Shanxay SIPG" o'z maydonida Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyunday" klubini qabul qiladi. Uchrashuv bizning vaqt bilan 15:00da boshlanadi. 

Bugungi o'yinni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov faoliyat yuritayotgan "Shanxay SIPG" bugun g'alaba qozongan taqdirda guruhdan chiqadi. 

Durang ham jamoani keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin, faqat buning uchun guruhdagi ikkinchi o'yinda durang qayd etilishi yoki bo'lmasa "Kavasaki Frontale" mag'lubiyatga uchrashi kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia