
"Biz himoyada yaxshi o'ynab, qarshi hujumlarga tayangan holda harakat qilmoqchi edik. Baxtimizga qarshi raqib gol urib qo'ydi va o'yinimizni o'zgartirishga to'g'ri keldi. Iroq to'pga egalik qilish va taktika bo'yicha yaxshi ishladi.
Jarohat olgan futbolchi haqida bir narsa deya olmayman. Uning burni singan va miyasi chayqalgan. Hammasi tibbiy tekshiruvdan so'ng hal bo'ladi.
Guruhimizda Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri bo'lgan Eron bor. Kelasi uchrashuvlarda ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz. Oldimizda yana 2 ta o'yin bor" - deydi Shan Zxiping.