"Shalke" aslida qanday jamoa bo'lishi kerak edi?

20 yanv 2018, 16:40
"Bleacher Report" nashri Germaniya Bundesligasining nomdor jamoalaridan biri "Shalke"dan ketgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzib chiqildi.

"Shalke"ni oxirgi mavsumlarda bir qator yetakchi futbolchilar tark etishdi. Agarda hozirda gelzerkirxenliklar ushbu futbolchilarni o'z tarkiblarida olib qolishganida, "Shalke" bemalol yevropaning raqobatdosh jamoalaridan biriga aylangan bo'lardi.

Manuel Noyer, Rafinya va Leon Gorecka "Shalke"dan "Bavariya"ga o'tdi. Benedikt Xyovedes "Yuventus"ga, Joel Matip "Liverpul", Kolashinac "Arsenal", Rakitich "Sevilya"ga sotib yuborilgandi. Hozirda esa xorvatiyalik futbolchi "Barselona" a'zosi sanaladi. Shuningdek, Mesut O'zil o'z vaqtida "Verder"ga qo'yib yuborilgandi. O'zil undan so'ng "Real"ga, ayni paytda "Arsenal" libosida to'p surmoqda. Yulian Draksler esa "Volfsburg" orqali PSJga qo'l oldi. Leroy Saneni esa o'tgan yozda gelzerkirxenliklar "Siti"ga pullashgandi.

"Shalke"ning yana bir sobiq futbolchisi Klas-Yan Xuntelar esa "Ayaks"da to'p tepmoqda.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia