Shakiri: "Zaxirada o'tirishni istamayman"

Mirjalol Normatov
18 avg 2019, 18:11
"Liverpul" futbolchisi Jyerdan Shakiri yaqin vaqtlarda jamoani tark etishi mumkin.

Futbolchi zaxirada qolib ketayotganidan mamnun emasligini jurnalistlarga aytib o'tdi.

"Zaxirada o'tirishni istamayman. Yashirmayman, jamoaning asosiy futbolchisi bo'lishni istayman. Hozirda o'z holatimga to'g'ri baho berishning fursati. Keyinchalik kech bo'lishi mumkin", - dedi Shakiri.

27 yoshli shveytsariyalikning xizmatlariga "Galatasaroy" hamda "Monako" kabi jamoalardan qiziqishlar bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Langenthaler Tagblatt