

Bu haqda klub bosh murabbiyi Yurgen Klopp aytib o'tdi.
29 yoshli Shakiriga Turkiyaning "Galatasaroy" va Fransiyaning "Monako" klublari da'vogarlik qilmoqda. "Liverpul" shveytsariyalikdan kamida 15 million evro ishlab olmoqchi.
"Qizillar" 25 yoshli Origini ham shuncha mablag'ga baholamoqda.
Divok joriy mavsum "Liverpul" safida APLda bitta o'yin o'tkazdi. Jyerdan esa APL doirasidagi 2ta o'yinda 1ta assist qayd etdi.



