Shackixning goli “Goverla”ni 1/8 finalga olib chiqdi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2014
Ukraina Kubogida 1/16 final bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Maksim Shackix to'p tepayotgan “Goverla” klubi safarda “Cherkasskiy Dnepr” jamoasi mehmoni bo'lib, 2:1 hisobida zafar quchdi.

Quvonarlisi, Maksning goli ujgorodliklarni mamlakat kubogining 1/8 final bosqichiga olib chiqdi. Hamyurtimiz raqib jarima maydonchasi ichida belgilangan erkin jarima to'pini amalga oshirib, to'pni darvozaning "to'qqizligi"ga mixlab qo'ydi. Shackixning o'zi maydonda to'liq harakat qildi.

“Cherkasskiy Dnepr” (Cherkassiy) – “Goverla” (Ujgorod) 1:2
Cherkassiy. Shahar markaziy stadioni
Gollar:
Bessalov 14 – Kuznecov 45+1, MAKSIM SHACKIX 66
“Cherkasskiy Dnepr”: Lenchikov, Burlin (Koshelyuk 46), Favorov, Shopin, Tarasenko, Gonshhik, Dovbik, Fabunmi, Zaxarevich (Zinchenko 68), Gricay, Bessalov

“Goverla”: Koval, Pavlenko, Lyulka, Yagodinskis, MAKSIM SHACKIX, Truxin (Panfilov 54), Kuznecov, Feshuk, Tudose, Xomin, de Lima (Stepanyuk 22)

Bosh hakam: Andrey Kutakov (Vinnica)

Ogohlantirishlar: de Lima 20, Feshhuk 53

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com