“Sevinch” chempionat peshqadamiga aylandi

26 yanv 2016, 23:55
Toshkent shahridagi “Yoshlik” arenasida mini futbol bo'yicha ayollar o'rtasida XII O'zbekiston chempionati davom etmoqda.

Bugun birinchi bosqichning 2-tur uchrashuvlari nihoyasiga etdi.

Oldin xabar berganimizdek jamoamiz ikki uchrashuv o'tkazib, har ikkala uchrashuvda ham g'alaba qozondi va 6 ochkolik bo'ldi.

Mazkur chempionatda jamoamizdan tashqari bironta jamoa ketma-ket g'alaba qozona olmadi. Kecha bo'lib o'tgan “Yuz robot” – “Jizzax” uchrashuvida yirik 0:12 hisobi qayd etilgan edi, agar jizzaxliklar bugun “Qirq qiz” jamoasi ustidan ham kattaroq hisobda g'alaba qozonishganda ular chempionat turnir jadvali karvonboshisiga aylanishi mumkin edi. Ammo bu ularga nasib etmadi. “Jizzax” jamoasi bugun nukuslik qizlar jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda 1:1 hisobini qayd etishdi.

Demak, 6 ochko to'plagan “Sevinch” jamoamiz  hozircha turnir jadvalini peshqadami bo'lib turibdi.

Quyida turnir jadvalini e'tiboringizga havola qilamiz.


O'xshash yangiliklar


Manba: pfcsevinch.uz