"Sevilya" prezidenti: "Sampaoli bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz"

Aslanov Jasurbek
15 mar 2017, 11:11
"Sevilya" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli bilan xayrlashmoqchi emas.

Bu haqda klub prezidenti Pepe Kastro ma'lum qildi.

"Biz Sampaoli bilan shartnomani bir yilga uzaytirish niyatidamiz" - deydi Kastro.

"Sevilya" 1/8 finalda "Lester"ga mag'lub bo'lib Chempionlar ligasini tark etdi. Sampaoli ushbu mag'lubiyatdan g'azablanib, kelajagi borasida bo'lgan savollarga javob berishni istamadi.

Sampaoli joriy mavsum boshida "Sevilya" bilan 2 yillik bitim imzolagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS