"Sevilya" muxlislari klub qarorgohida tartibsizliklar keltirib chiqardi: Jamoa tunni mashg'ulot maydonida o'tkazdi

Sherzod Nurmatov
12 may 2025, 13:42
Fanatlar natijadan norozi.

"Sevilya"ning asosiy jamoasi muxlislarning hujumidan so'ng tunni mashg'ulot maydonida o'tkazishga majbur bo'ldi.

"Sevilya" yakshanba kuni ertalab e'lon qilgan bayonotda, jamoa shanba kuni "Selta"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berganidan so'ng o'zining Xose Ramon Sisneros sport shaharchasiga qaytganida, ularni "o'ta shafqatsizlik bilan harakat qilgan uyushgan radikallar guruhi" kutib olganini tasdiqladi.

Bayonotda aytilishicha, birinchi jamoa joylashgan qarorgoh hududi hatto bir qator insonlar tomonidan egallab olingan. Muxlislar bilan mojaro qanday yakunlangani hozircha noma'lum.

Ma'lumot o'rnida, "Sevilya" ayni paytda 38 ochko jamg'argan holda La Ligada 15-o'rinda yuribdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC