Serxio Ramos “Real” safida yubiley o'yinini o'tkazdi

20 iyul 2020, 07:56
“Real” La Liganing 38-turida “Leganes” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Madrid klubi safida o'yinni asosiy tarkibda boshlagan Serxio Ramos uchun ushbu bahs yubiley vazifasini o'tadi. Mazkur bahs bilan Ramosning “Real” safidagi o'yinlari soni 650 taga etdi.

Ma'lumot uchun, Serxio joriy mavsum La Liga doirasida 35 ta o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/Real Madrid