

Ushbu o'yinda tajribali yarim himoyachi Server Jeparov penaltidan gol urdi. Shu tariqa Jeparov 2 yil, 7 oy va 21 kundan (yoki 963 kun) so'ng yana O'zbekiston chempionatida to'p kiritdi.
So'nggi marta u 2016 yil 8 avgust kuni "Lokomotiv" safida "Andijon" darvozasiga gol urgan edi.
Ma'lumot uchun, Jeparov kecha O'zbekiston chempionatida o'zining 98-golini urdi.



