Serlot "Vilyarreal" safiga borib qo'shildi

Omonjon To`xtamirzayev
26 iyul 2023
"RB Leyptsig" hujumchisi Aleksandr Serlot "Vilyarreal"ga o'tdi.

Futbolchi ispan klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 10 million evro deb baholanmoqda. Shuningdek, qo'shimcha bonuslar ham mavjud. O'tgan mavsum ham Aleksandr La Ligada "Real Sosedad" klubida ijarada to'p tepgandi. Chempionatning 34 o'yinida maydonga tushgan Serlot 12 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: villarrealcf.es