Sergeev "Paxtakor"da qaysi raqamda o'ynaydi?

Aslanov Jasurbek
28 dek 2024
Bir necha kun oldin "Paxtakor" Igor Sergeevni qaytargani haqida ma'lum bo'lgan edi.

"Sherlar" matbuot xizmati Sergeev kecha (27 dekabr) Toshkentga qaytgani va "Paxtakor" uchun tibbiy ko'rikdan o'tganini xabar berdi.

"Sergeev jamoamizda o'zining sevimli raqami - 11 da to'p tepadi" - deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, yakunlangan mavsumda "sherlar" safida 11 raqamda Po'latxo'ja Xoldorxonov o'ynagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia