Sebalos "Real"da qolmoqchi

Sherzod Nurmatov
23 apr 2022, 19:42
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalosning kelajagi noma'lumligicha qolmoqda.

Xabarlarga qaraganda, Sebalosning o'zi "qirollik klubi"da qolishni istardi, biroq u muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi.

Manbaga ko'ra, uning "Betis" bilan kelishuvi bor va Madridni tark etish hamon eng ehtimolli ssenariy bo'lib qolmoqda.

Oldinroq "Betis" ispaniyalik futbolchini kelasi yozda 12+5 million evroga transfer qilish bo'yicha "Real" bilan kelishuvga erishgani haqida xabar qilingandi.

Shuningdek, futbolchiga "Inter" ham qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Defensa Central