Saul "Barselona" taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
14 sen 2018
"Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges "Barselona"ning taklifini rad etdi.

Kataloniyaliklar Saulni xarid qilish uchun ustunlikka ega edi. 2013 yilda "Barselona" hujumchi David Vilyani "Atletiko"ga sotayotgan paytda Saul Nigesni xarid qilish uchun imtiyozga ega bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum oxirida "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Barselona"ga o'tishni istamadi.

Saulning tovon puli 150 mln evro. U va "Atletiko" o'rtasidagi shartnoma 2026 yilda yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo