Sarri Ronalduning jismoniy holatiga baho berdi

Mirjalol Normatov
15 dek 2019
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Udineze"ga qarshi o'yindan oldin bir necha futbolchilar haqida ma'lumot berdi.

"Duglas Kosta va Bentankurda holat yaxshi. Biroq Duglas 20 kun davomida mashg'ulotlarda qatnashmadi, Rodrigo esa 3 kun. Shu boisdan Duglasning jismoniy holati borasida shubxalarim bor.

Remzi tarkibda yo'q. Uning tiklanishi yaxshi kechmoqda. Ayni damda Ronaldu juda tez tiklanmoqda. O'zi o'ynagan barcha o'yinlardan keyin shuni ko'ryapmanki, uning jismoniy holati yaxshilanib qoldi. Raboga esa vaqt kerak.

Hujumkorlik koncepciyasi o'zgarmaydi. Biz bir necha hujumchilar bilan o'ynayapmiz. Krishtianu Gonsalo va Dibala birga o'ynashlari uchun barcha sharoitlar bor", - dedi Sarri.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia