Sarri Azarni klubda saqlab qolish uchun uni jamoa sardoriga aylantirmoqchi

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2018, 15:10
"Chelsi" yangi bosh murabbiyi Mauricio Sarri yarim himoyachi Eden Azarni London klubida olib qolish uchun uni jamoa sardoriga aylantirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik mutaxassis hozircha sardorlik bog'ichi borasida bir qarorga kelgani yo'q. O'tgan mavsum bog'ich Gari Kexillga tegishli edi. Sarri Azarni saqlab qolish uchun yarim himoyachini jamoa sardori qilmoqchi.

Oldinroq, "Real" Azar xarididan voz kechishi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun