Sarri A Seriyaga qaytishga yaqin

Eldor Akmurzayev
8 okt 2020, 20:15
“Yuventus” sobiq ustozi Mauricio Sarri tez orada “Fiorentina”da ish boshlashi mumkin.

61 yoshli mutaxassis jamoa ustozi Juzeppe Yakinining o'rnini egallashi kutilmoqda. “Fiorentina” mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagani sabab rahbariyat uni iste'foga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Sarri hozirda “Yuve” bilan shartnoma bekor qilish bo'yicha ishlamoqda. Murabbiy boshqa jamoani boshqarishi uchun turinliklar bilan bog'liq barcha kelishmovchiliklarni hal qilishi lozim.

Eslatib o'tamiz, Mauricio “Yuventus”da faqat bir mavsum ishladi va jamoa uning qo'l ostida Skudettoni qo'lga kiritib, Italiya Kubogi finaligacha yetib borgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia