Sardor Rahmonov va Bobur Yo'ldoshev chorak finalda o'ynay olishmaydi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2013, 22:59
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada bo'lib o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining chorak finaliga chiqqanidan xabaringiz bor.

Ahmadjon Musaev shogirdlari 1/8 finalda Gretsiya ustidan 3:1 hisobida zafar quchishdi. Endi O'zbekiston yoshlari 1/4 finalda Fransiya - Turkiya uchrashuvi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.

Afsuski chorak finaldagi o'yinda O'zbekiston murabbiylari ikki markaziy himoyachi xizmatidan foydalana olishmaydi. Sardor Rahmonov ikkinchi sariq kartochkasini olgan bo'lsa, Bobur Yo'ldoshev qizil kartochka oldi. Shu sababli endi bu futbolchilar 6 iyul kuni o'yinni tomoshabinlar safida kuzatishadi.  Shuningdek, ushbu o'yinda jarohat olgan Jamshid Iskanderov ham maydonga tusha olmaydi. 


Narzulla SaydullayevMuallif