Santush Ronalduni maydonga tushish-tushmasligini bilmaydi
Aslanov Jasurbek
23 iyun 2017, 23:37
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santushning aytishicha, u Konfederatsiyalar kubogi musobaqasining guruh bosiqichdagi so'nggi uchrashuvda Ronalduni maydonga tushirmasligi ham mumkin.
“Hamma uni maydonda ko'rishni istaydi. Hatto men ham. Ammo u maydonga tushadimi yo'qmi, hali bilmaymaman. Ammo aniq aytishim mumkinki, Yangi Zellandiyaga qarshi bahsda tarkibda rotaciya o'tkaziladi”, deydi portugaliyaliklar ustozi.