"Santos" "Barselona"dan pul talab qilmoqda

Alisher
19 fev 2020, 13:20
Neymarning sobiq klubi "Santos" "Barselona"ga rasmiy taklif yubordi.

Braziliyaliklar Neymar transferi ortidan 4,5 million evro talab qilmoqda.

Neymar bundan 7 yil avval "Barselona"ga o'tgan edi. "Santos"ning arziga ko'ra, kataloniyaliklar braziliyaliklarga 2ta o'rtoqlik o'yini borasida vada berishgandi, ammo ularning faqatgina bittasi o'tkazilgan.

"Barselona"da javob berish uchun 5 kun bor. "Santos" aks holda "Barselona"ni sudga berishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca