Sanjar Tursunovdan golli pas, jamoasida g'alaba

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2017, 22:50
Qatar Yulduzlar ligasida 15-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda.

Hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan "Al Xaraytiyat" klubi o'z uyida "Al Vakra" bilan o'ynadi. Uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Berrabax tomonidan urilgan birinchi golga Tursunov golli pas oshirganini takidlash lozim. Sanjar uchrashuvning 88-daqiqasida almashtirildi.

"Al Xaraytiyat" 15ta o'yindan 15 ochko to'plab musobaqa jadvalida 8-o'rinda bormoqda.

Klub keyingi o'yinni 13 yanvar kuni safarda "Al Arabi"ga qarshi o'tkazadi.

Qatar Yulduzlar ligasi. Musobaqa jadvali
"Al Xaraytiyat" - "Al Vakra" 2:1
Gollar:
Berrabah 33, Domingos 59 - Ahmad Koxeyl 72

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia