Sandro Rossel: "Barselona"ning yangi murabbiyi keyingi hafta tanishtiriladi"

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2013, 11:20
Barselona prezidenti Sandro Rossel maxsus matbuot anjumanida 44 yoshli Tito Vilanovaning sog'lig'i tufayli iste'foga chiqqanini ma'lum qildi.

Tito Vilanova saraton bilan kurashishni davom ettirmoqda, - deydi Rossel. - U Barselona klubi bosh murabbiyligidan ketmoqda. Bu xabar klubning barcha ishchilari va futbolchilari uchun og'ir zarba bo'ldi, ammo shu kunga qadar qiyinchiliklarni engib kelganmiz. Barselonaning yangi bosh murabbiyi nomi keyingi hafta e'lon qilinadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net