"Sanderlend" 40 yoshli darvozabon bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
23 yanv 2016, 16:41
"Sanderlend" Stiv Xarper bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

40 yoshli futbolchi klub bilan mavsum oxirigacha belgilangan bitimga imzo chekdi.

Xarper "Sanderlend"ning uchinchi darvozaboni bo'ladi. Uni ko'pchilik "Nyukasl"dagi o'yinlaridan taniydi, posbonning so'nggi ish joyi "Xall Siti" edi.

Ayni damda "Sanderlend" APL turnir jadvalida 18 ochko bilan 19-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sunderland