Samir Xandanovich yozda "Atletiko"ga o'tishi mumkin
Aziz Tukhtamuradov
13 mar 2014
"Inter" darvozaboni Samir Xandanovich yozda Madridning "Atletiko" jamoasiga borib qo'shilishi mumkin, deya xabar bermoqda Sport Mediaset.
Agar "Atletiko" jamoasining asosiy darvozaboni Tibo Kurtua klubni tark etadigan bo'lsa, uning o'rniga sloveniyalik posbon munosib nomzod sifatida ko'rilmoqda.