Saloh kelajagi borasidagi savolga javob berdi

Mirjalol Normatov
18 yanv 2021, 22:43
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh kelajagi borasidagi savolga javob berdi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Real" tomonidan qiziqishlar bo'layotganligi aytilgandi.

"Agarda mendan kelajagim borasida so'rasangiz, yana qaytarib aytaman: "Liverpul"da qolishni istayman. Ammo barchasi klub rahbarlariga bog'liq.

So'nggi daqiqalargacha jamoa uchun bor kuchimni beraman. "Liverpul" bilan ko'plab sovrinlar yutmoqchiman", - dedi Saloh.

Uning "Liverpul" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Liverpool Echo