

Mazkur bahsning 53-daqiqasida chiroyli zarbasi bilan raqib darvozasini ishg'ol etgan Muhammad Saloh chempionatdagi gollari sonini 19taga etkazdi. Shu tariqa, misrlik forvard chempionat to'purari Manchester Siti a'zosi Serxio Agueroga yetib oldi. Ulardan keyingi o'rinda 18ta gol bilan mersisaydliklarning boshqa bir futbolchisi Sadio Mane joy olgan. R.Sterling, P.Obameyang va X.Keyn hisobida esa 17tadan gol bor.



