Salah joriy mavsumda 26 ta uchrashuvda gol urdi

“Liverpul” yarim himoyachisi Muhammad Salah APL 29-turida “Nyukasl”ga (2:0) qarshi bahsda gol urishga erishdi.

Bu bilan u joriy mavsumda jamoasi safida barcha turnirlarda 26 ta uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu borada u Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida eng yaxshi natijani qayd etdi.

Premer ligada u 27 ta bellashuvda 24 bor muvaffaqiyatga erishgan.


Manba: Opta Joe