
“Messi Argentinaga oilasi va do'stlari bilan uchrashish va Jahon chempionatini yutish niyati bilan kelgan. Bu uning kayfiyatidan ko'rinib turibdi. U “Barselona”da og'ir mavsumni o'tkazdi. Xerardo Martinoga to'xtaladigan bo'lsak, u “Barselona” bilan hech qanday yutuqqa ega chiqmadi, lekin yaxshi ishladi. Messi g'alabaga shaylangani ko'rinib turibdi. U Jahon chempionatida iloji boricha yaxshiroq ishtirok etish uchun hamma bilan hamkorlikda ishlayapti”, - deb Sabelyaning so'zlaridan iqtibos keltiradi “Marca”.