Sekin-asta bu bosqichga ham yetib kelamiz. Xabaringiz bor, kuni kecha saytimizda forum ishga tushdi. Forumni yaxshi tomoni shunda-ki, bu yerda yuzlab odamlar o'zaro fikr almashishlari mumkin. Aytib qo'yaylik, bu boshlanishi.
Bugun "Jurnalistlar Siz bilan" bo'limi ishga tushdi. Unda aksar muxlislar talab istagi inobatga olingan holda 5 nafar xodimimizning o'z sahifasi ochildi. Forumning boshqa bo'limlaridan farqli ravishda "Jurnalistlar Siz bilan" bo'limida o'quvchi mavzu (tema) ocha olmaydi. Faqatgina savollar bilan ishtirok etadi. Bunday qilishdan maqsad, bo'limda ko'plab mavzularni ochilib ketishidan asragan holda o'quvchilarning chalg'ib ketmasliklarini taminlash.
Masalan, Nodirxo'ja Yuldashevning bo'limida ikkita mavzu bor. "Savol va javoblar uchun" hamda "Fotojurnalistika". Yuqoridagi ikki sahifa orqali o'zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin. Yoki Baxtiyor Shirinovni olaylik. Bu mutaxassisga "Statistikadan savollar bormi?" mavzusi orqali murojaat qilishingiz mumkin. Xorij futboliga Behzod Nazarov javob beradi. Narzulla ham xizmatingizga shay. Bu yerda Xayrulla Xoliqov bor. "Sayt borasida savollar bormi?" Bu bo'limning uchta mavzusi bo'lib, biri "Loyihalar haqida fikringiz, Siz saytning qanday bo'lishini istaysiz?" bo'lsa, ikkinchisi yoshlarbop - "Shogird tushishni istaganlar uchun". "Mening maqolam" mavzusi orqali muxlislar endi qalam tebratish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Asosan xorij chempionatiga oid turli tahlil va intervyu, prevyularni tarjima qilib mavzuga kiriting. Biz esa uni saytga joylaymiz.
"Zukko muxlis tanlovi" bo'limida Baxtiyor Shirinov har chorshanba o'zining o'tkir savollari bilan o'quvchilarni sinaydi. Bu tanlov haqida seshanba kuni xabar beramiz.
Yuqorida aytib o'tganimdek, bu hali boshlanishi. Forum qaydnomasidan ro'yxatdan o'tmaganlar, nima qilib o'tiribsizlar, tezroq ro'yxatdan o'ting!