Ryudiger - "Barselona" uchun bosh transfer maqsadi

Alisher
24 sen 2020
Himoyachi Antonio Ryudiger "Chelsi"dan kyetishi mumkin.

Germaniyalik futbolchi "Barselona"ning bosh transfer maqsadi hisoblanadi. Ryudigerga shuningdek u 2015-2017 yillarda o'ynagan "Roma" klubi ham qiziqmoqda.

Oldinroq, londonliklar Ryudiger bilan shartnomani uzaytirmoqchi edilar, uning shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi klubdan ketmoqchi. U muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi va Yevropa chempionati uchun Germaniya terma jamoasidagi o'rnini yo'qotmoqchi emas.


AlisherMuallif
Manba: kicker