

"O'yin qiyin bo'ldi. Biz uchun ham, Iroq uchun ham. Ushbu o'yinda g'alaba qozonishni judayam istagandik. Murabbiyning ko'rsatmalarini qo'ldan keganicha bajardik. To'g'ri, qayerdadir xato qildik. O'z xatolarimizni tezda to'g'irlashga harakat qildik. Bu kunni uzoq kutdik. Shahsan men 4 ta chempionatni o'tkazib yubordim. Nihoyat, bugun orzuim amalga oshdi.
Bizni qo'llab quvvatlab turgan muxlislarimizga katta rahmat deb qolaman. Bu g'alaba sizlarniki, bizlarniki! G'alaba barchamizniki!", deya o'z fikrlariga yakun yasadi Rustam Umarov.




