Rustam Ashurmatov “Qo'qon-1912”ga o'tdi

12 fev 2014, 00:01
BAAda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi Rustam Ashurmatov kelayotgan mavsumda Birinchi ligada harakat qiladi.
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining himoyachisi “Bunyodkor” klubidan ijara asosida “Qo'qon-1912” ga o'tdi va bir yil davomida shu klubda faoliyat olib boradi.

Bu haqida futbolchining o'zi quyidagilarni aytib o'tadi.

“Ertaga “Qo'qon-1912” jamoasi bilan shartnoma imzolayman. Shu narsa aniq bo'ldiki endigi mavsumda bir yil ushbu klub bilan birgaman. Jamoaning maqsadi jiddiy va men bundan katta tajriba to'plashimga ishonaman. “Qo'qon-1912”ni Oliy ligaga olib chiqmoqchimiz” – deydi Rustam Ashurmatov “CA”ga bergan intervyusida.

Manba: championat.asia