Runi va Sautgeyt Messini kuchli uchlikka ham kiritishmadi

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2017, 01:47
Xabar berganimizdek, Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA versiyasiga ko'ra 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Bundan ikki soatcha avval Shveytsariyaning Cyurix shahrida o'tkazilgan taqdirlash marosimida “Real” futbolchisiga FIFA prezidenti Janni Infantino ushbu sovrinni topshirgan edi.

“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi so'rovda ikkinchi o'rinni egallagan, Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann esa kuchli uchlikka yakun yasagandi.  


E'tiborlisi, Angliya terma jamoasi sardori Ueyn Runi va inglizlar bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Messini xatto kuchli uchlikka ham kiritishmadi.

Ma'lumot uchun, yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi aynan terma jamoa bosh murabbiylari  va sardorlari bergan ovozga ko'ra aniqlanadi.

Runi: 1. Krishtianu Ronaldu (“Real”); 2. Luis Suares (“Barselona”); 3. Jeymi Vardi (“Lester Siti”).

Sautgeyt: 1. Krishtianu Ronaldu (“Real”); 2. Antuan Grizmann (“Atletiko”); 3. N'Golo Kante (“Lester Siti”/ “Chelsi”).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com