Runi Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi

Narzulla Saydullayev
3 okt 2013
Angliya terma jamoasi murabbiylar shtabi JCH-2014 saralashi doirasidagi Chernogoriya va Polshaga qarshi o'yinlarga chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qilishdi.
Ro'yxatdan "Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi ham o'rin olgan. Futbolchi jarohat tufayli kecha "Shaxtyor"ga qarshi o'ynay olmagandi.

Darvozabonlar: Freyzer Forster, Jo Xart, Jon Raddi;

Himoyachilar: Leyton Beyns, Gari Kexill, Eshli Koul, Fil Jagelka, Fil Jons, Kris Smolling, Kayl Uoker;

Yarim himoyachilar: Ross Barkli, Maykl Kerrik, Tom Kleverli, Stiven Jerrard, Frenk Lempard, Djeyms Milner, Andros Taunsend, Jek Uilshir;

Hujumchilar: Jermeyn Defo, Riki Lambert, Ueyn Runi, Deniel Starridj, Denni Uelbek.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com