Ruminiya klubi Balotellini sotib olishga harakat qiladi

Sherzod Nurmatov
13 may 2023
Italiyalik bir shart qo'ydi.

Buxarestning "Rapid" klubi yozda erkin agentga aylanadigan "Son" hujumchisi Mario Balotellini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Klub allaqachon italiyalik bilan muzokaralar olib borgan va u bitta shart qo'ygan. GSP ma'lumotlariga ko'ra, Balotelli bir mavsum uchun 1 million evro maosh so'ragan.

32 yoshli hujumchi o'tgan yozda Turkiyaning "Adana Demirspor" jamoasidan "Son" klubiga ko'chib o'tgandi. Balotelli joriy mavsum Shveytsariya chempionatida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta sariq kartochka oldi.

Agar Balotelli "Rapid"ga o'tsa, bu uning faoliyatidagi 12-klub bo'ladi. Hujumchi bunga qadar "Lumeccane", "Inter", "Manchester Siti", "Milan", "Liverpul", "Nicca", "Marsel", "Breshiya", "Monca", "Adana Demirspor" va "Son"da o'ynagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GSP