Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga himoyadagi xatoni takrorlamaslikka va hujumdagi xatolarni to'g'rilashga intilamiz"

Alisher
18 apr 2022, 19:08
Ertaga OCHL "E" guruh 4-tur doirasidagi "Al Faysali" - "Nasaf" o'yini bo'lib o'tadi.

O'yindan oldingi matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va hujumchi Husayn Norchaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.



"Al Faysali" jamoasi guruhimiz yetakchisi bo'lib turibdi. Ular uchta o'yinda bunga munosib ekanligini ko'rsatishdi. Ular bilan bo'lgan birinchi o'yinda mag'lubiyatga uchradik, ertangi o'yinda oldin qilingan xatolarni takrorlamasdan, faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz", - dedi Berdiev.

"Biz ertangi o'yinga yuz foiz tayyormiz. Ushbu o'yinda uch ochko bilan muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", - dedi Norchaev.


- Oldingi o'yindan kelib chiqsak, "Al Faysali" ayni damda guruh peshqadami bo'lib turibdi. Katta ehtimol bilan ertangi o'yinda oldingidan ham kuchliroq "avtobus qo'yilishi" ehtimoli juda ham yuqori. Jamoangiz shunga tayyormi? (muxbirimiz savoli - Tolibjon Qosimov)

- Buni avtobus demagan bo'lardim-u, lekin "Al Faysali" jamoa sifatida yaxshi himoyalanar ekan, buni faqat bizga qarshi o'yinda emas, balki "Al Sadd"ga qarshi bahsda ham ko'rsatishdi. Ertaga ular qanchalik zich joylashmasin, raqib darvozasiga yo'l topishimiz kerak. Kecha bu bo'yicha yigitlarga ko'rsatma berdik, shuningdek qayerda xato qilganimiz va qayerda keskinroq harakat qilishimiz kerakligini tushuntirdik. Ertaga himoyadagi xatoni takrorlamaslikka va hujumdagi xatolarni to'g'rilashga intilamiz.


- O'tgan mavsum OFK to'purari bo'lgan edingiz, OCHLda sizga nima yetishmayapti?

"Chempionlar ligasi darajasi OFKga qaraganda biroz kuchliroq ekani to'g'ri. Ertadan boshlab hujumchilik vazifamni uddalashga, yani gol urishni boshlashga va bu bilan muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilaman.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia