

"Men transferlardan to'liq qoniqish hosil qildim. Bu transfer mavsumida juda unumli ish olib bordik".
"Sako transferi ko'pchilik uchun kutilmagan bo'ldi. Chunki u "PSJ"da o'z o'rniga ega edi va Fransiya terma jamoasi a'zosi hisoblanadi".
"U va Tiagu Ilori yaxshi markaziy himoyachilar hisoblanishadi. Ular nafaqat hozir jamoa o'yiniga juda mos tushishadi, balki yangi jamoani shakllantirishda ham muhim rol o'ynashadi".
"Mozes to'p bilan yaxshi muomala qiladi. Uning texnikasi ham ajoyib. U chapda ham, o'ngda ham harakat qila oladi. Muxlislar ham uni yoqtirib qolishadi. U raqiblarni birga-bir aldab o'tishni yaxshi ko'radi va o'z vaqtida o'yin disciplinasiga ham amal qiladi", dedi Rojers.



