Roy Kin Ozarbayjon terma jamoasini boshqarishi mumkin

Alisher
30 iyun 2020, 12:23
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi va hozirgi vaqtdagi murabbiy Roy Kin Ozarbayjon terma jamoasiga bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin.

48 yoshli mutaxassis "Sanderlend" va "Ipsvich"dagi ishlari bilan murabbiy sifatida tanilgan.

U shuningdek Irlandiya terma jamoasi, "Aston Villa " (Birmingem) va "Nottingem Forest" jamoalarida assistent bo'lib ishlagan.

Xabarlarga ko'ra, Ozarbayjon terma jamoasi Kinga o'ylash uchun 48 soat vaqt bergan. Shundan so'ng jamoaning yangi ustozi borasida qaror qabul qilinadi.

Oldinroq, jamoaning bosh murabbiylik lavozimida xorvatiyalik mutaxassis Nikola Yurchevich ishlagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun