Roy Kin: "MYU o'yinini tomosha qilish – og'ir ish"

Sherzod Nurmatov
15 yanv 2024, 20:18
Mutaxassis sobiq klubidagi vaziyatdan unchalik mamnun emas.

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Roy Kin jamoadagi vaziyat haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Sifat, nazorat, jamoaga ishonch yetishmayapti, murabbiy nima deganini eshitsangiz... Ko'p narsada uning fikriga qo'shilmayman. Bugun MYUning o'yinlarini ko'rish – juda qiyin ish.

"Yunayted" haqida gapirganda, o'tmishni ko'tarishda barchamiz aybdormiz va men bilaman, Erik ten Hag ayni dam bosim ostida. "Tottenxem" bilan o'yinda mankunianlar nimagadir erishib, o'zlarini ko'rsatishdi. Bu davom etish-etmasligini ko'ramiz", – dedi Kin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror